Huawei 1
Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalari qaytariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.

O‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlangan.

Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalari qaytariladi. Bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida "Novza" metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Mavzuga doir

2023-yil 1-apreldan jamoat transporti uchun yangi tariflar joriy etiladi

ATTO mobil ilovasida endi avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin

Toshkentga 200 ta 18 metrli avtobus va 300 ta 12 metrli elektrobuslar olib kelinadi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22102 | Инструменты