Shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ATTO mobil ilovasida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.
Endilikda ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.
Yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishi mumkin.
"Mazkur mobil ilova imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida foydalanuvchilardan o‘z takliflarini taqdim etishlarini so‘rab qolamiz",-deyiladi Transport vazirligi axborotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22200 | Инструменты