Huawei 1
Toshkentning yerusti metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak vafot etdi

Kecha, 28-noyabr kuni soat 15:00 atrofda Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida noma’lum shaxs o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi. Unda aytilishicha, shu sababli "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtagan va 15:50 dan boshlab yana reja asosida ishlay boshlagan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Uzreport.uz"ga ma'lum qilishicha, poyezd “Yangiobod” bekatidan “Qo‘yliq” bekatiga kirib kelayotgan vaqtida erkak metro yo‘liga tushib, relsga yotib olgan va voqea joyida vafot etgan.

Hozirda Toshkent shahar transport prokuraturasi tomonidan tekshirish olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты