2024-yilda AQShning tabiiy ofatlardan ko‘rgan zarari 182,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy Atrof-muhit axboroti markazlari (NCEI) hisobotida ma’lum qilingan.
Aniqlik kiritilishicha, 2024-yilda AQShda kamida 1 milliard dollar zarar keltirgan 27 ta ob-havo va iqlim bilan bog‘liq ofat sodir bo‘lgan. Bu ofatlar jami 568 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
2024-yilda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun sarflangan xarajatlar taxminan 182,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Hisobotga ko‘ra, 2024-yil tabiiy ofatlar rekord darajada zarar keltirgan yillar ichida 4-o‘rinni egalladi.
2017-yilda tabiiy ofatlar 395,9 milliard dollar, 2005-yilda 268,5 milliard dollar va 2022-yilda 183,6 milliard dollar zarar keltirgan.
2024-yilda AQSh boshidan kechirgan tabiiy ofatlar:
Joriy yilning 7-yanvar kuni Los-Anjelesda boshlangan o‘rmon yong‘inlari 4-sutkadan beri o‘chirilgani yo‘q. Yong‘in oqibatida 10 ming gektardan ortiq maydondagi mingdan ortiq bino kulga aylandi. 1 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi.
Keltirilgan zarar allaqachon 60 mlrd AQSh dollariga yetgani xabar qilinmoqda. Bu AQSh tarixidagi eng qimmat yong‘inga aylanishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11117 | Инструменты