Huawei 1
Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam berishga chaqirdi

Bugundan boshlab kunlar sezilarli darajada salqinlashdi va tez orada salqin havo o‘rnini ayozli kunlar bosadi.

"Shu sababli, poytaxt aholisi va mehmonlariga yuzlanib, e’tiborlarini qarovsiz kuchuk va mushuklarga qaratmoqchimiz, hoynahoy ular siz yashab turgan hovlida ham bo‘lsa kerak.

Hurmatli haydovchilar! Avtomobillaringizni o‘t oldirishdan avval uni tekshirib ko'rishingizni so'raymiz, chunki, sovuq havoda jonivorlar issiq boshpana izlab, ko'pincha mashina g'ildiraklari va kapotlari ostida yashirinadilar. Bir muddat shoshmang, mashinani tekshirish uchun bir daqiqa vaqt ajrating.

Imkoningiz va xohishingiz bo’lsa, boshpanasiz jonivorga boshpana yoki ozuqa bering.

Shunday qilib, siz kichik, ammo juda muhim bo‘lgan hayotni saqlab qolishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101417 | Инструменты