Huawei 1
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Indoneziya hukumati ayollar va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda ayollar huquqlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish vaziri Arifa Fauzi ma’lum qildi.

“Ushbu masalada muvofiqlik va o‘zaro hamkorlik zarur, chunki muammoni yolg‘iz hal qila olmaymiz. Vakolatlarimiz va budjetimiz cheklangan. Ammo umumiy tushuncha va muammoni birgalikda hal qilish istagi bor bo‘lsa, buni uddalashimiz mumkin”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Indoneziyaning Antara agentligi.

Indoneziyada ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik muammolarini hal etish eng muhim vazifa hisoblanadi, chunki ayollar mamlakat aholisining deyarli yarmi — 49,42 foizini, bolalar esa 31,6 foizini tashkil etadi.

Mamlakatda xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha uchta dastur ishga tushirilgan.

2024 yilgi Ayollar hayotiy tajribasi milliy tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Indoneziyada har to‘rtinchi ayol umri davomida turmush o‘rtog‘i va/yoki boshqa shaxslar tomonidan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121919 | Инструменты