Joriy yilning 9-sentyabridan Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish boshlanadi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB poytaxtga kelib ta’lim oluvchi talabalar uchun ijara uylarga joylashishda nimalarga ahamiyat qaratish haqida tavsiyalar berdi.
Boshqarmaning ogohlantirishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki e’lonlar joylashtiriladigan ilova hamda veb-saytlarda arzon narxlarda ijaraga uy taklif qiladi.
“Agar unga qiziqish bildirsangiz, xaridor ko‘pligini sabab qilib, uni band qilish uchun oldindan pul talab qilishadi.
E’tibor bering! Barcha firibgarlar bank plastik karta raqamlarini taqdim etganidan so‘ng kelishilgan pulni tashlab berishingizni so‘raydi. Bu esa sizga qo‘yilgan asosiy tuzoq. Ya’ni siz pul o‘tkazmasini amalga oshirganingizdan keyin uy egasini ham, pulni ham ko‘rmaysiz”, deyiladi IIBB axborotida.
Hurmatli talabalar, firibgarlarni tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты