Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahri hamda viloyatlar rahbarlari mehnat taʼtiliga chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi hamda hokimlar 2025-yilning 3-yanvar kunidan eʼtiboran rasman taʼtilda bo‘ladi.
O‘zbekistonlik amaldorlarning mehnat taʼtili odatda 10 kun davom etar edi. 2021-yilning 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahri hokimi va 6 ta viloyat hokimi 10 kunlik muddatga mehnat taʼtiliga chiqqandi. Shu yilning 28-yanvar kuni esa yana yettita viloyat rahbari boshchiligidagi 959 nafar masʼul — hududlardagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi sektor rahbarlari mehnat taʼtiliga chiqadi va salomatligini tiklab qaytgandi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Prezident shuningdek, 2024-yil 26-iyulidan 5-avgustiga qadar ham qisqa muddatli mehnat taʼtilida bo‘lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10503 | Инструменты