Toshkent shahrida 29 ta arxitektura yodgorligiga o‘zboshimchalik bilan zarar yetkazilgan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli Toshkent shahrida o‘rganildi.

Ma'lum qilinishicha, poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda. O‘rganishlar davomida foydalanuvchilar tomonidan o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona kondisioner hamda 20 ta obyektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgani aniqlandi.

Xususan, davlat muhofazasiga olingan Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta, Fanlar akademiyasiga 49 ta yoki Transport universitetiga 98 ta kondisioner o‘rnatilgan.

Nazorat tadbirlarida 21 ta obyektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi. Jumladan, “O‘zarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “Boshplan LITI” korxonasi va boshqa idoralar mas’ul shaxslarining javobgarlik masalasi hal etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты