Huawei 1
Toshkent shahrida besh oyda YTH oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda Bosh boshqarma boshlig‘i YHXB zamonaviy texnika va avtomashinalar bilan taʼminlangani, xodimlarning malakasi hamda xizmat samaradorligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlariga qaramay, poytaxt yo‘llarida yo‘l-transport hodisasini oldini olish borasidagi ishlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini taʼkidladi.

Xususan, joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. YTHning sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi natijasida sodir etilganligi 99% holatlarda qayd etilgan.  

Poytaxt IIBB boshlig‘i YTHni oldini olish maqsadida har bir avariya o‘choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot choralarini yana-da kuchaytirish kerakligini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты