Toshkent shahrida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) majburiy tartibda demontaj qilinadi. Toshkent shahar hokimining qarorida qayd etilishicha, 2024-yilning 1-iyuniga qadar bunday obyektlarni qonuniylashtirish imkoniyati berilgan edi.
Demontaj ishlari hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti hisobidan amalga oshiriladi. Obyektlar elektr energiyasidan uziladi, Milliy gvardiya demontaj vaqti jamoat xavfsizligini taʼminlaydi.
Noqonuniy tashqi reklama konstruksiyalarini buzish ishlari yil oxiriga qadar yakunlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты