Joriy yilning 5-oktyabr kuni temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida vafot etdi.
Qayd etilishicha, marhum 1988-yilda tug‘ilgan bo‘lib, temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlab kelgan. O‘rganishlar davomida mazkur holat teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda sodir bo‘lganligi maʼlum bo‘lgan.
Xodim o‘zining ehtiyotsizligi sabab temiryo‘l izlariga yiqilib tushgan. Oqibatda uni yuk vagonlari bosib ketgan.
Voqea joyiga tegishli masʼullar va tez tibbiy yordam kelgan kelgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты