Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari yanvarda qanday o‘zgargani ma'lum bo'ldi

2023-yil yanvar oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 2022-yil dekabr oyiga nisbatan 1,4%ga biroz pasaygan holda 1 kv.m. uchun 10,1 dollarni tashkil etdi.

Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur (15,7 dollar), Yakkasaroy (11,8 dollar) va Mirobod (12,2 dollar) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa (8 dollar), Sergeli (6,9 dollar) va Bektemir (6 dollar) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yilning mos davriga nisbatan Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi deyarli 25%ga oshdi. 

O‘tgan yilning yanvar oyidan buyon uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur (56,7%), Sergeli (29,9%) va Chilonzor (25,8%) tumanlarida qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda bir yilda uy-joy narxi o‘rtacha 20%ga o'sgani haqida xabar bergan edik. Narxlarning sezilarli o‘sishi Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42420 | Инструменты