Huawei 1
Toshkent shahrida yo‘llarni ta’mirlash ishlariga 12 mlrd so‘m ajratiladi
"Toshkent shahrida yo‘llarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish to‘g‘risida"gi poytaxt hokimining qarori e'lon qilindi.

Qarorga ko'ra, Toshkent shahar hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari majmuasining Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumanlarda yo‘llarni ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga 12 mlrd so‘m mablag‘ni ajratadi. 

Ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va bajarilgan ish hajmi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimligiga hisobot kiritib borilishi belgilandi. 

Eslatib o'tamiz, 7-mart kuni Toshkent shahrida yo‘llarni taʼmirlash va yangilash ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Umumiy maydoni 65 ming kvadrat metr bo‘lgan maydonlarda taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Asosiy ish transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31616 | Инструменты