Huawei 1
Superliga: “Nasaf” ochko yo‘qotdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuvda kutilmagan natijalar qayd etli.

Ushbu turda "Sho‘rtan"  mehmoni bo‘lgan "Bunyodkor" 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Poytaxt klubiga g‘alaba olib kelgan gollarga Luis Kachorri mualliflik qildi. "Dinamo" esa o‘z maydonida "Mash’al" jamoasini 1:0 hisobida taslim etdi.

Turning markaziy o‘yini deya e’tirof etilgan “Andijon” va "Nasaf" jamoalari bahsi “Bobur arena”da o‘tdi. Ushbu o‘yinga 17 ming nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar vakili Oleg Zoteyev hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada “Nasaf” Suhrob Nurulloyevning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limda ham bir qator hujumlar tashkil etilgan bo‘lsa-da, ammo hisob o‘zgarmadi.

Bugun, 16 mart kuni Superliga bahslari o‘z yakuniga yetadi. "So‘g‘diyona" – "Navbahor", "Surxon" – "Xorazm" va OKMK – "Paxtakor" jamoalari raqobatiga guvoh bo‘lamiz.

Shu o‘rinda OKMK – "Paxtakor" va "So‘g‘diyona" – "Navbahor" uchrashuviga oid faktlarga e’tibor qaratamiz.  

Hozirga qadar chempionatlar tarixida OKMK va "Paxtakor" jamoalari 34 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 23 ta bellashuvida "sherlar" g‘alaba qozongan va 5 bahsda durang qayd etilgan. OKMK esa 6 marta zafar quchgan. To‘plar nisbati  60/25 "Paxtakor" foydasiga. Olmaliqda o‘tgan 17 ta o‘yinning 13 tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, OKMK 4 uchrashuvda yutuqqa erishgan.

Ma’lumot o‘rnida: OKMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 2-tur bellashuvi soat 20:00 da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi.

“Navbahor” va “So‘g‘diyona”  klublari O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperligasida (oliy liga) o‘zaro 58 marta uchrashgan. Ushbu o‘yinlarning 27 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 23 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.  

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 95/68, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro bellashuvlarda 89 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 77 ochko mavjud.  Jizzaxda shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 29 uchrashuvning 20 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 4 ta bahsda durangga imzo chekilgan hamda 5 ta bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Navbahor” bahsi Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 19:30 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31619 | Инструменты