Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.P. fuqaro B.R.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud 18 turdagi 7 129 dona dori vositalarini 5 050 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi. Uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda turli nomdagi 19 974 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, jami 27 103 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31619 | Инструменты