Huawei 1
Toshkent shahrida yo'lovchi avtobus yonib ketdi

Bugun, 15-iyun kuni soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor ko'chasida, Mercedes-Benz rusumli transport vositasida yong'in kelib chiqqan.

Yong'in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʼin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga