Huawei 1
Toshkent shahridagi maktablarning birida 10 ta elektron doska uchun ota-onalardan 100 dollardan pul yig'ilyotgani haqida xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi 284-sonli maktab tenderdan 10 ta elektron doskani yutgani, endilikda doskalar uchun har bir sinf ota-onalaridan 100 dollardan pul yig'ib berish talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi izoh berdi

Aniqlanishicha, Sergeli tumanidagi 284-sonli umumta'lim maktabi 2023-yilning 1-mavsumida “Tashabbusli budjet” platformasi orqali yutib olgan 1 200 000 000 so’m mablag’ evaziga 23  dona elektron doska xarid qilingan. 2023-yilning 2-mavsumida esa “Tashabbusli budjet” platformasi orqali yana 1 300 000 000 so'm mablag’ yutib olinib, 20  dona elektron doska olingan va sinflarga tarqatilgan. Elektron doskalar uchun o'quvchilar va ularning ota-onalaridan hech qanday pul mablag’lari yig’ilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga