Huawei 1
Toshkent shahridan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reyslarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Xususan, Uzautotrans service korxonasi tomonidan 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent – Navoiy, Toshkent – Zomin, Toshkent – Jarqo‘rg‘on, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qarshi, Toshkent – Qorako‘l, Toshkent – Termiz, Toshkent – Denov, Toshkent – G‘uzor, Toshkent – Uzun yo‘nalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, UzBus mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib oladi. Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon: +998 71 207- 87- 00.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41815 | Инструменты