Huawei 1
Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilashga 6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Toshkent shahar hokimining 22-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjetning ortig‘i bilan bajarilgan qismidan poytaxtning drenaj tizimini yaxshilashga 6 milliard so‘m ajratildi.

Qarorda, shuningdek, joriy yilda Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshqinlarining oldini olishga qaratilgan qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 20 milliard 400 million so‘m yo‘naltirilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari poytaxtdagi drenaj tizimining ishlashiga norozilik bildirgan edi. Hokimlikka yil yakuniga qadar drenaj tizimini sunʼiy suv havzalari bilan birga qurish bo‘yicha master-reja va dastur ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102500 | Инструменты