Ijtimoioy tarmoqlarda "Toshkent viloyati Keles shaharchasidagi uylardan biri yonmoqda" sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Unda bir uyning kuchli yonayotgani aks etgan kadrlar bor. Vaziyat bo'yicha Favqulotda vaziyatlar vazirligi bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 19-oktyabr kuni soat 23:10da Toshkent tumani, “Xiyobon” mahallasi, Oydin ko‘chasida 2 ta bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 00:45da batamom o‘chirilgan.
Bundan birinchi xonadonda 180 kv.m, ikkinchi xonadonda 100 kv.m maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zararlari aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11020 | Инструменты