Toshkent va Shri-Lanka o‘rtasida ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va Shri-Lanka o‘rtasida ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda. “Toshkent–Mattala–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar 2027-yil mart oyi oxiriga qadar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma'lum qilinishicha, “Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shahri o‘rtasida ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yib, O‘zbekistonning Janubiy Osiyo bilan transport aloqalarini yanada kengaytirdi.

28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportida ilk parvoz bilan 160 nafar yo‘lovchi kutib olindi. Yo‘nalish ochilishi munosabati bilan xalqaro aviatsiya tartib-taomillariga muvofiq, birinchi parvoz suv arkasi orqali kutib olinib, rasmiy marosim tashkil etildi.

Aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi hamda “Centrum Air” aviakompaniyasining Shri-Lankadagi tegishli tashkilotlar bilan olib borgan muzokaralari samarasi bo‘ldi.

Yangi havo yo‘nalishi ikki davlat o‘rtasidagi transport bog‘liqligini mustahkamlash, savdo, investitsiya va turizm imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu aviaqatnov Shri-Lanka va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida O‘zbekiston orqali yanada qulay aviaqatnovni ta’minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты