Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov senat aʼzosi bo'ldi
Bu haqda ayni vaqtda Toshkent davlat agrar universitetida o'tayotgan viloyatda boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi saylovini oʻtkazish boʻyicha qoʻshma majlisda ma'lum qilingan.
Unda aytilishicha, yashirin ovoz berish jarayonlari nihoyasiga yetgan. Sanoq komissiyasi yakuniy natijalarni koʻrib chiqib, viloyat hokimini ushbu lavozimga tayinlanish chorasini ko'rgan.
Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmagan. Qoʻshma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylangan.
Qoʻshma yigʻilishda D. Hidoyatov soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Ma'lumot uchun, Davron Hidoyatov 19-martda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Andijonning Bo'ston tumaniga yana ayol kishi hokim etib tayinlangani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты