Huawei 1
Toshkent viloyati hokimligi 2022-yil davomida o‘zining AKT markaziga bir necha marta pul o‘tkazib berganligi haqida xabarlar tarqaldi

Toshkent viloyati hokimligi 2022-yil davomida o‘zining AKT markaziga bir necha marta pul o‘tkazib berganiga oid shubhali holatlar e'lon qilingan edi. Unga ko'ra, har safar birlamchi shartnoma qiymati oshib boravergan. Bu mablag‘lar aslida piar uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. 

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.

“Toshkent viloyati bo‘yicha yuqoridagi maqolada keltirilgan holat yuzasidan o‘rganish boshlangan. Umuman, ayni shu masalada barcha davlat organlari va tashkilotlarida mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi, natijalari bo‘yicha agentlik o‘z rasmiy munosabatini e’lon qiladi”, – deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati hokimligi va uning uning AKT markazi o‘rtasida 2022-yil davomida tuzilgan shartnoma qiymati yil davomida bir necha marta oshib, 210 mln so‘mlik shartnoma 2 mlrd so‘mgacha yetgan.

Ayrim holatlar bu mablag‘larning aslida piar uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Hokimlik axborot xizmati buni rad etib, mablag‘lar viloyat hokimligining AKT markazida ishlovchi 87 nafar xodimning ish haqi, texnik xizmat ko‘rsatish, yangi texnikalar sotib olish, hokimlik saytini yangilash, aholi murojaatlari bilan ishlash uchun platformalar yaratish kabilarga sarflanganini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111410 | Инструменты