O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Olmaotaga tashrifi doirasida bugun, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan.
Uchrashuvda mazkur vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o'tamiz bundan oldin, O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo o‘tamoqda. Ular o‘z vatanida jazoni o‘tashda davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13115 | Инструменты