Huawei 1
Toshkent viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesib, mashinasiga ortayotgan huquqbuzar voqea joyida ushlandi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tezkor ekologik nazorat guruhi inspektorlari tomonidan Ohangaron tumani hududida ekologik nazorat tadbirlari o’tkazildi.

Tabdir jarayonida Ohangaron tumani, Toshariq MFY, Istiqbol ko‘chasida yashovchi fuqaro B.D. sog’lom o’sish holatidagi 2 tup shotut, 2 tup yong’oq va 1 tup tol daraxtlarini hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda tag qismidan kesib tashlaganligi aniqlandi. Huquqbuzar kesilgan daraxt bo’laklarini "Isuzu" rusumli yuk mashinasiga yuklanayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga qo’lga olindi.

Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat o’rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni  ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomilashtirish to’g’risida”gi 464-sonli Qarorining tegishli ilovasiga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarar 260 mln so’mni tashkil etdi. Avtotransport vositasi esa MJtKning 291-moddasi tegishli bandiga asosan vaqticha jarima maydoniga joylashtirildi.

Shuningdek, ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты