3-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani "Markaz " mahallasidagi uylardan birida erkak va uning turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar ertalab uyidan jonsiz holatda topilgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish, miya va o‘pka shishishi sabab bo‘lganligi, buning isboti tariqasida ichki aʼzolarining alvon-qizg‘ish rangdaligi maʼlum qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты