2025 yil yanvar oyining 9 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida voyaga yetmagan o‘g‘il bolaga shilqimliq qilgan 27 yoshli erkak jazolandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, huquqbuzar erkak 2024 yil 5 dekabr kuni soat 17:30 larda o‘zini boshqaruvidagi Cobalt‘ni Ohangaron shahridan kesib o‘tgan avtoyo‘lida Toshkent-Angren yo‘nalishida harakatlanib kelayotib, Ohangaron shahar “No‘g‘oyqo‘rg‘on” MFYga qarashli 5-kichik tuman hududidagi piyodalar o‘tish yo‘lagi oldidan maktabga qo‘shimcha o‘qish uchun ketayotgan 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolani yo‘lovchi sifatida olgan.
Shundan so‘ng, yo‘lda uni o‘ng tomondagi qo‘shimcha yo‘l orqali Ohangaron shahar A.Temur ko‘chasidagi 5-qavatli uylar oralig‘idan mahalla orasiga olib kirib, uning qo‘llari va oyoq qismlariga teginib, shahvoniy shilqimlik qilib, uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan shaxvoniy hususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir qilganligi aniqlangan.
Sudda huquqbuzar o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan.
Sud qarori bilan erkak MJtK 411-moddasi bilan huquqbuzarlik harakatini sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga MJtKning 411-moddasi bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11018 | Инструменты