Huawei 1
Toshkent viloyatida xonadonida “narkolaboratoriya” tashkil qilgan shaxslar qo'lga olindi

Toshlent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro shahar hududida gumonlanib tekshirilganda, uning yonidan 0,36 gr “mefedron” (ekspertiza xulosasi) sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, shaxsning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan. Natijada xonadondan turli hajmdagi shisha va boshqa idishlarda kimyoviy, oʻtkir hidli suyuqliklar, yarim tayyor va tayyor holdagi sintetik giyohvandlik vositalari hamda ularni tayyorlashda foydalanilgan texnik vositalar borligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Shuningdek, tadbir davomida ushbu vositalarni tayyorlashda ishtirok etgan 43 yoshli erkak va 21 yoshli ayol ham qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52521 | Инструменты