Huawei 1
AQSH hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlarga Mudofaa vazirligi binosining aksariyat hududiga maxsus hamrohsiz kirishni taqiqlovchi buyruqni imzoladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar maxfiy maʼlumotlar himoyasini kuchaytirish uchun zarur.

«Pentagon oldingidek shaffoflik tamoyiliga sodiq bo‘lsa-da, idora shu bilan birga maxfiy va sir tutilishi lozim bo‘lgan razvedka maʼlumotlarini himoya qilish majburiyatiga ham ega. Bunday maʼlumotlarning ruxsatsiz oshkor qilinishi AQSH harbiy xizmatchilari hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin», — deydi Hegset.

Buyruqqa ko‘ra, akkreditatsiyaga ega jurnalistlar Pentagon shtab-kvartirasiga kirish uchun rasmiy ruxsat olishi kerak. Bino bo‘ylab harakatlanishida esa ularga maxsus xodim hamrohlik qiladi.

Idora press-puli manfaatlarini targ‘ib qiluvchi Pentagon matbuot assotsiatsiyasi yangi qoidalari OAV erkinligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb atadi. Ularning taʼkidlashicha, jurnalistlar har doim, hatto 2001 yil 11 sentyabr teraktidan keyin ham Mudofaa vazirligi bo‘ylab to‘siqsiz harakatlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52520 | Инструменты