Huawei 1
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

Yaponiya sohilni qo‘riqlash xizmatining patrul kateri ogohlantirishsiz Hokkaydo oroli atrofidagi hududiy suvlarda pulemyotdan o‘q uzgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulot o‘tkazgan joy yaqinida Rossiyaning Saxalin oblasti tarkibiga kiruvchi Kunashir oroli joylashgan.

NHK maʼlumotlariga ko‘ra, voqea 23 may kuni sodir bo‘lgan. Patrul kateri pulemyotdan 66 ta o‘q uzgan. Kema ekipaji boshqa kemalar uchun navigatsiya ogohlantirishi eʼlon qilinmaganini payqab qolganidan keyin mashg‘ulot to‘xtatilgan.

Yaponiya sohilni qo‘riqlash xizmati chora ko‘rish va bu kabi holatlarning takrorlanmasligiga vaʼda berdi. Idora xodimlari zimmasiga xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikda o‘tish majburiyati yuklanadi.

Kunashir — Kuril orollari arxipelagidagi eng katta oroldir. U Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52520 | Инструменты