Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportida 2 nafar qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi

“Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida 2 nafar qizlarga moʻmay daromad vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan Turkiyaga joʻnatayotgan shaxs, xalqaro aeroportda qoʻlga olindi.

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirda, Nurafshon shahrida yashovchi 1999-y.t. ayol (N.K.) oson pul topish maqsadida, Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli ikki nafar qizlar (S.T. va M.M.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12117 | Инструменты