2024-yil dekabr oyida Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xo‘jakentdan Chinorkentgacha 1,5 km masofaga temir yo‘l qurildi, shuningdek, “Chinorkent” temir yo‘l bekati qurib bitkazildi hamda 22-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.
Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi hamda yo‘lovchilar uchun yer osti tunneli barpo etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12318 | Инструменты