Toshkentda 11-sinf bola futbol darvozasi bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 27-sentyabr kuni Olmazor tumani 134-umumtaʼlim maktabi hududida sodir bo‘lgan.
Shu kuni tumandagi 133- umumtaʼlim maktabining 11-A sinf o‘quvchisi 2007 yili tug‘ilgan yigit M.A. soat 20:00 larda ovqatlanishga, undan so‘ng 21:00-22:00 larda 5 ta sinfdoshi bilan Olmazor tumani 134- maktab sport maydoniga futbol o‘ynagani borishgan. Futbol o‘ynab bo‘lgandan so‘ng, ketmoqchi bo‘lib turishganda, M.A. futbol darvozasiga osilib, muvozanatni ushalolmay chalqancha yiqilgan. Natijada, ustiga darvoza tushib, bola darvoza tagida qolgan.
O‘quvchilar darvozani ko‘tarib, tez yordam chaqirishgan. Tez yordam xodimlari bolani shifoxonaga olib ketayotgan vaqtda u “qorin yopiq jarohati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok” larining natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты