15-fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida soat 20:15 da ro‘y bergan. 2005-yilda tug‘ilgan J. I. ismli haydovchi o‘zining Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Aniqlanishicha, haydovchi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirgan va tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namanganda piyodani urib, qochib ketgan qora Gentra haydovchisi topilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты