Huawei 1
Toshkentda 33 yoshli erkak oziq-ovqat do‘konining omboridan 80 mln so'mlik mahsulotlarni o'g'irladi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joriy yilning mart oyida, nomaʼlum shaxs oziq-ovqat do‘konining omboriga kirib, 80 mln so'mlik mahsulotlarni o'g'irlab ketdi. Mazkur holat bo'yicha, Sergeli tuman IIO FMBga xabar kelib tushgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 33 yoshli Dovlet U. aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Shuningdek, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Avvalroq, Yunusoboddagi “Minor” masjidida 44 yoshli fuqaro pul o'g'irlagani xabar qilingandi. U kiyim ilgichidagi I.D.ga tegishli bo‘lgan kurtkadan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini o'g'irlab, voqea joyidan "juftakni rostlagan". Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda 20 yoshli yigit ham ehson qutisini o‘g‘irlab ketgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72608 | Инструменты