Huawei 1
Toshkentda 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zo‘rladi

Bugun, 3-oktyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 4 yoshli qizaloq zo‘rlangani va uni zo‘rlagan shaxs qo‘lga olingani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, 2020-yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan 1983-yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 119 (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) hamda 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100322 | Инструменты