Huawei 1
Toshkentda 8-sinf o’quvchisi vafot etgani bo’yicha Toshkent shahar maktab ta'limi boshqarmasi ma’lumot berdi

Kuni kecha Toshkentdagi 110-maktabning 8-sinf o'quvchisi vafot etganligi to'g'risida xabar bergandik. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ham ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, shu yil 10-aprel kuni  Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o'quvchisi M.S. 5 soat o'qigan, darsdan so'ng maktab hovlisida vafot etgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o'rganilganida hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo'lmagan.

Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko'ra, M.S.ning o'limiga “oshqozon osti beziga keng ko'lamli qon quyilishi, o'tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o'ng ko'z yonida shilinma, ichki a'zolari to'laqonligi, bosh miya va o'pkalar shishi” sabab bo'lgan.

Yozilishicha, yigit 8-sinfning a’lochi va namunali o’quvchilaridan bo’lgan. 

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110615 | Инструменты