Huawei 1
Toshkentda yo'lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi, Ashxobod bog‘i oldidagi bekatda 96-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlangan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, yong'in bugun, 21-may kuni soat 16:40 da yuz bergan. 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:50 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31200 | Инструменты