Joriy yil 1 yanvardan boshlab Toshkentda avtobuslarda yo‘lkira haqini naqd pulda to‘lash taqiqlandi. Yo‘l haqini naqd pulda to‘lashga uringan yo‘lovchilar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Transport inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyevning aytishicha, yo‘lovchi naqd pul taklif qilsa, haydovchi uni qabul qilmasligi kerak.
"Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Birinchi qoidabuzarlikda ogohlantirish chiqariladi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi," - dedi Salimjon Nishonboyev.
Bayonnoma MJtKning 144-moddasi (chiptasiz yurish) va 145-moddasiga (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish) muvofiq tuziladi. Yo‘lovchiga BHMning 1/10 qismi (37,5 ming so‘m) miqdorida jarima solinishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan barcha avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10813 | Инструменты