Shu yil 4-sentyabr kuni soat 00:30 larda 26 yoshli ayol o‘zi ishlab kelayotgan Toshkent shahridagi Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida mast holdagi 28 yoshli o‘zining erkak hamkasbi bilan o‘zaro janjallashib qolgan.
Janjal jiddiylashib, ayol oshxona pichog‘i bilan erkakning qorniga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan. Natijada, erkak olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida “Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlanganligi va bular hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qotilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga doir
Jizzaxda erkak o'z xotinini pichoqladi
Andijonda oilaviy kelishmovchiliklar sababli erkak qaynakasini pichoqladi
Xotinini bog'chada bo'g'ib, do'pposlagan erkak, uyida uni pichoqlab o'ldirdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 82410 | Инструменты