Holat yuzasidan erkakga jinoyat ishi qo'zg'atildi
IIVning xabar berishicha, joriy yilning 13-avgust kuni soat 20:30larda Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 39 yoshli erkak N.Sh yashash uyi oldida oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasi Asaka tumani fuqarosi 40 yoshli I.M bilan janjallashib, qoʻlida boʻlgan xoʻjalik pichogʻi bilan I.Mning bel sohasiga bir marotaba urib, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Magic Cityda fotograf hamkasbini pichoqlab qo'ygani, Qashqadaryoda bir guruh shaxslar janjallashgani oqibatida 2 nafar erkak pichoqlangani, Qarshida janjal qilib, pichoq bilan IIO xodimlariga hujum qilgan 2 nafar shaxs jazoga tortilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82415 | Инструменты