Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadon yonib ketdi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong'in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar FVB matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 3-iyul kuni soat 13:54 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:25 da o‘rab olingan va soat 14:47 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70602 | Инструменты