4-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi

Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi.

"Tashabbusli budjet"ning ikkinchi mavsumiga 6-iyuldan start beriladi

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Yunusoboddagi suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi — Toshkent shahar hokimligi

Suv bosgan hovlilardan suv ketgan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida suv deyarli qolmagan. Uylarga suv taʼminoti tiklangan, biroq yerto‘lalar va kommunikatsiyalar o‘tkazilayotgan hududlar haligacha nam bo‘lgani uchun elektr taʼminoti hozircha ulanmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va Bosh vaziriga taʼziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy marosimdagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Toshkent shahrida tunda fuqarolar o'rtasida janjal sodir bo'ldi

Janjal oqibatida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududiga insonparvarlik yordami yubordi

95 tonna yuk un, shakar, o‘simlik yog‘i boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.

Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Afgʻoniston biznes-forumi bo'lib o'tdi

Forumda kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasida qator savdo shartnomalari hamda logistika markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Fitratullo Nabiyev Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi

U bunga qadar Energetika vazirligining Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston oltin sotishni keskin kamaytirdi

O‘zbekiston Markaziy banki aprel va may oyida umumiy hisobda 1 tonna oltin sotgan.

Navoiylik abituriyent qiz muddatidan oldin maksimal ball to‘pladi

Munavvara Cho‘liyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun oldindan maksimal 189 ball yig‘di. Endi u imtihon topshirishi shart emas.

O‘zbekiston prezidenti SHHT doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. "Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi", - dedi davlat rahbari.

"Biz SHHTni yanada rivojlantirish jarayonlari tarafdorimiz va uning faoliyatini takomillashtirish haqidagi taklifni qabul qilishga tayyormiz" — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari hozirgi kunda SHHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta'kidladi.

"UzAuto Motors" Cobalt uchun kontraktatsiyani qayta ochmoqda

Qayd etilishicha, to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, bekor qilingan hajmlar uchun shartnoma berish jarayoni 5-iyul, juma kuni soat 10:00da boshlanadi.

“Hududgaztaʼminot”ga yangi rahbar tayinlandi

Marufxon Xodjayev “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

"Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan" - Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda lift importining sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yilishi atrofidagi xabarlarga Raqobat qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Tojikistondagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tojikistonda Nexia-2 va “KamAZ” yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Deputatlar "Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Qonun loyihasi bilan kosmik faoliyatning prinsiplari, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, soha uchun masʼul organlar, ularning vakolatlari o‘zaro taqsimlanib, vazifalari aniq belgilab berilmoqda.

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlari uchun tanlov eʼlon qildi

Tanlovda g‘olib bo‘lgan 15 ta loyihalar ichidan mavzuga doir yo‘nalish bo‘yicha zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari muallifiga qo‘shimcha bir marotabalik 10 million so‘m miqdorida gonorar to‘lab beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70711 | Инструменты