Huawei 1
Toshkentda Cobalt va Nexia-3 ishtirokidagi YTHda Nexia-3 yonib ketdi

Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalardan birida Cobalt va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘lgani va Nexia-3 yonib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar FVB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 5 oktyabr kuni soat 06:05 da  Toshkent shahar Mirobod tumani, Oybek va Shaxrisabz ko‘chalari chorraxasida, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi natijasida, avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in-qutqaruv tehnikalari voqea sodir bo‘lgan joyga soat 06:11 da yetib borib, yong‘in soat 06:12 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100514 | Инструменты