Huawei 1
Yana bir xonanda jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilda yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlanib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.

“Bilmasdan videoni storisga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar”, deydi qo‘shiqchi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100515 | Инструменты