Avvalroq, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlagani va bir kishi 9 qavatdan sakrab vafot etgani xabar qilingandi. Toshkent shahar hokimligi holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea oqibatida bir necha kishi, jumladan ikki nafar bola jarohat olgan. Bir bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, ikkinchisi shifokorlar nazorati ostida. Barcha jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Bildirilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30301 | Инструменты