Toshkentda erkak o‘z ayolining boshiga bolg‘a bilan urib, o‘ldirdi. Sudda qotil erga jazo tayinlandi.
Aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchi 1993 yilda, turmush o‘rtog‘i esa 1987 yilda tug‘ilgan. Voqea poytaxtning Yunusobod tumanida yuz bergan. Maʼlum bo‘lishicha, ayol eriga "farzandlarimni moddiy tomondan taʼminlay olmayapsiz" degan vaj bilan tortishib qoladi. Bu kelishmovchiliklar esa kun sayin ortib boradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida o‘tkazilgan sud jarayonida prokurorning aytishicha, sudlanuvchi ayolining bosh qismiga bor kuchi bilan zarba bergan, oqibatda esa marhuma olgan jarohatlar sabab vafot etadi.
"7 nafar farzand bor, yaxshi yashab kelganmiz. Ayolim jangli chiqqanligi uchun menga nisbatan haqorat gaplar gapirganimda onamdan haqorat so‘zni eshitganimdan keyin o‘zimni stress holiga tushib, o‘zimni tuta olmasdan qo‘limdagi bolg‘a bilan boshining boshqa qismiga urib yuborganman. Bir marta urganimi bilaman. Shu holatda o‘zimni yo‘qotib qo‘yganman", - dedi sudlanuvchi.
Bo‘lib o‘tgan sud majlisida erkak qilgan ishidan pushaymonligini aytdi.
Sud hukm bilan sudlanuvchi erkak Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismiga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10907 | Инструменты