O'zbekistonda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash uchun yangi diagnostika tizimi yaratildi

O'zbekistonda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash uchun yangi diagnostika tizimi yaratildi. Bu haqda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Axborot xizmati rahbari ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, bolalarning fikrlash, ijodkorlik, til oʻrganish va muloqot qilish qobiliyatlarini erta aniqlashga moʻljallangan yangi diagnostika tizimi yaratildi. 

Sentabr oyida Toshkent shahridagi 3 ta maktab va 3 ta bogʻchada sinovdan oʻtkazilgan tizim natijalarini tahlil qilish va kuzatib borish uchun elektron platforma ham ishga tushirildi. Shuningdek, PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov bosqichi respublikaning 14 ta hududidagi 164 ta maktabda oʻtkazildi.

Ta’lim mazmunini takomillashtirish doirasida matematika, tabiiy fanlar, kimyo, informatika va musiqa fanlari boʻyicha davlat ta’lim standartlari hamda oʻquv dasturlari loyihalari tayyorlandi. 110 ta darslik va 18 ta oʻquv-metodik majmua ekspertizadan oʻtkazildi.

Pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash doirasida “Metodik marafon” tadbirlariga 343 ming nafardan ortiq oʻqituvchi jalb qilinib, ular uchun 4 600 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi. Ta’limni raqamlashtirish yoʻnalishida esa 25 ta quyi platformani qamrab olgan 10 mingdan ortiq ta’lim resursi va multimedia vositalaridan iborat kontent yaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102912 | Инструменты