Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi metro bekati yaqinida yirtqich qush hisoblangan kalxat uchib yurgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent hayvonot bogʻi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, bogʻ va Ekologiya vazirligi xodimlari hamkorligida yirtqich qush hayvonot bogʻiga qaytarilgan.
“Bizning Grif Gʻoʻsha kichik sarguzashtga otlangan koʻrinadi. U bir necha kun shaharni oʻrgandi, lekin oxir-oqibat oʻz uyidan yaxshi joy yoʻqligini tushundi, — deya qoʻshimcha qiladi bogʻ maʼmuriyati.
Maʼlumot uchun: ushbu kalxatning qanotlari katta boʻlsada, u hayvonot bogʻida oʻsgan va yovvoyi tabiatda yashashga moslashmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22701 | Инструменты